
«Оdnoklassniki» ijtimoiy tarmog’i aloqalarni saqlab qolish, yangi aloqalar o’rnatish, mazmunli suhbatlar o’tkazish va turli guruhlar orqali yangi narsalarni o’rganishning ajoyib usuli hisoblanadi.
«Оdnoklassniki» tarmog’ining asosiy afzalliklari quyidagilardan iborat:
ko’rsatilgan parametrlar orqali odamlarni qulay qidirish ;
fotosuratlarni baham ko’rish va ularni baholash;
qulay muloqot: suhbat va chatni yaratish imkoniyati;
sevimli audio yozuvlarni tinglash va videolarni tomosha qilish, kontentingizni sahifangizda saqlash va do’stlaringiz bilan bo’lishish imkoniyati;
ko’plab jamoalarda qatnashish;
qiziqishlar bo’yicha yangi do’stlarni toppish, ular bilan tanishish va muloqot qilish imkoniyati;
Ijtimoiy tarmoqda ham bepul, ham pullik faoliyatni amalga oshirishingiz mumkin: masalan, do’stlarga sovg’alar yuborish, xushyoqishni bildirish, sahifani begonalardan yashirish yoki iz qoldirmasdan boshqa profillarga kirish.
Saytning statsionar versiyasining qulay interfeysidan tashqari, operatsion tizimga ega bo’lgan tekefonlar orqali qo’llaniladigan quyidagi rasmiy mobil ilova ham mavjud:
Symbian ( eski tugmali telefonlar uchun tizim);
Android;
iOS;
Windows mobile.
Hozirda «Оdnoklassniki.ru» portalida “OK” uchun to’lovlarni “Click”, “PayME”, “PayNet”, UzumBank va boshqa to’lov ternallari, shuningdek, “Kapitalbank”va “InfinBANK”info-kiosklari orqali qabul qilish yo’lga qo’yilgan.